OTMda kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarqatgan maʼlumotga koʻra, OTMda kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarqatgan maʼlumotga koʻra, OTMda kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2019-yil 20-dekabrdagi 6-son bayoni bilan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi taʼlim shakllari) hamda magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan) abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan va qayta tiklangan talabalar hamda xorijiy fuqarolar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarining birinchi yarmini oʻtkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati etib 2019-yil 31-dekabr (shu kuni ham) belgilandi“, deyiladi vazirlik maʼlumotida.