Osmonda ikki kişilik "beş yulduzli" yotoq…
"Singapore Airlines" uzoq masofali parvoz davomida yölovçiga yanada qulay şaroit yaratiş uçun 1,6 milliard dollar sarflaydi. Kompaniya tarixidagi eng yirik yangilik doirasida birinçi va biznes toifali örindiqlar almaştiriladi. Birinçi toifada ikki kişilik yotoqqa aylanadigan maxsus joylar taşkil etiladi. Yangi salonlar 2027-yil ikkinçi yarmidan boşlab foydalanişga topşiriladi.
Mazkur loyiha asosida 72 samolyot qayta jihozlanadi. Birinçi toifa yölovçilari uçun kengroq şaxsiy hudud va ikki kişilik yotoq örindiği, biznes toifasida esa yopiladigan eşikli, töliq yotib dam oliş imkonini beruvçi joylar yaratiladi. Yangilik “Airbus A350” samolyotlariga ham tatbiq etiladi. Kompaniya şu tariqa “Air France”, “British Airways” va “United Airlines” kabi raqiblarining qimmatbaho sahnlariga munosib muqobil taklif tayyorlaşni közlagan.
Yangi örindiqlarni joriy etiş samolyot va qöşimça jihozlarni sertifikatlaş jarayonidagi keçikiş sabab ortga surilgan. “Boeing 777-9” uçoğining foydalanişga topşirilişi bir neça yil keçikadi. A350 uçun yangi örindiqni tasdiqlaş ham qiyin keçyapti. Şu bois mutaxassislar dastlab faqat yangi modelga möljallangan loyihani mavjud havo kemalariga tatbiq etişni ham öylayapti.
Musulmon Ziyo, ÖzA