O‘smir para taekvondochilar saralandi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning dastlabki kunida o‘smirlar o‘rtasida g‘oliblar aniqlandi. Murosasiz kechgan bahslarda Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyati jamoalari shohsupaga ko‘tarildi. Shuningdek, Karima Meliqo‘ziyeva, E’zoza Safarmurodova, Hasan Toshpo‘latov hamda Muhammadsodiq Usmonov kabi umidli para taekvondochilar mutaxassislar e’tiborini tortdi.



Musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA