Osiyo o‘yinlaridagi medallarimiz soni ko‘paymoqda
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining ushu bo‘yicha bahslarida vakillarimiz shohsupaga ko‘tarildi.
Xususan, ushu dasturining -56 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Saydullo Abdurashidov yarim finalga qadar muvaffaqiyatga erishib, yakunda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, “Aichi-Nagoya-2026” Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA