Osiyo o‘yinlaridagi medallarimiz soni ikkitaga yetdi
Osiyo o‘yinlari dasturiga ilk bor kiritilgan MMA bahslarida mamlakatimiz sharafini Firdavs Atamuradov, Hilola Sobirova hamda Nodirbek Shavkatov himoya qilmoqda.
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida XX yozgi Osiyo o‘yinlarining ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda. Musobaqaning MMA bahslarida ishtirok etayotgan uch nafar o‘zbekistonlik sportchidan ikki nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Xususan, -60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Firdavs Atamuradov yarim finalda qirg‘izistonlik Dastan Kanibek Uluni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va finalda tojikistonlik Mirzobek Umarov bilan raqobatlashadigan bo‘ldi. -71 kilogramm vazn toifasida esa Nodirbek Shavkatov yarim finalda qozog‘istonlik Qodirbek Shinbayevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medal bilan kifoyalandi.
Ayollar o‘rtasida -60 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Hilola Sobirova yarim finalda kambodjalik Dalin Chenni ikki raundda ham yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etdi. Endi musobaqa finalida Hilola Singapur vakili Xui Xun Teo bilan kuch chinashadi.
Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasidagi medallar soni bittadan kumush va bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA