Osiyo o‘yinlari: Sohil voleybolidagi asosiy raqiblarimiz ma’lum
Yaponiyada boshlangan XX yozgi Osiyo o‘yinlari doirasida erkaklar o‘rtasidagi sohil voleyboli musobaqasining dastlabki bosqich musobaqalari uchun qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston sharafini himoya qilishga hozirlangan terma jamoamiz a’zolari Dauilbayev/Tolibayev juftligi “G” guruhidan joy oldi.

Yurtdoshlarimiz guruh bosqichida Xitoy, Qozog‘iston va Yaponiya vakillariga qarshi bahs olib boradi.
Osiyo o‘yinlari tizimidagi sohil voleyboli musobaqalari ertaga, 20-sentabr kuni boshlanib, o‘yinlar 26-sentabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA