"Osiyo o‘yinlari": Futbolchilarimiz yarim finalda!
Yaponiyada o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarida O‘zbekiston U23 terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz Nagoya shahridagi «Mizuho» stadionida chorak final bosqichida Saudiya Arabistoni U23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv futbolchilarimiz ustunligida o‘tdi, 12-daqiqada Dilshod Murtazoyev hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 78-daqiqasida Azizbek To‘lqinbekov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelgan bo‘lsa, 86-daqiqada Firdavs Abdurahmonov uchinchi golni kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston U23 terma jamoasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi futbolchilarimiz 30-sentabr kuni yarim finalda Yaponiya — KXDR juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA