"Osiyo o‘yinlari-2026": Futbolchi qizlarimiz Filippin bilan durang o‘ynadi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi «G» guruhidagi ilk uchrashuvini Filippin vakillariga qarshi o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 81-daqiqasida Mehribon Egamberdiyeva hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqada Natali Kirsten Sim Kollinz Filippin terma jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi. Yakunda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Shu tariqa, ilk turdan so‘ng O‘zbekiston va Filippin terma jamoalari hisobida 1 ochkodan mavjud. Endi jamoamiz guruh bosqichining ikkinchi turida 17-sentabr kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA