Osiyo chempionatida 6 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkib bilan qit’a birinchiligida ishtirok etyapti.
Bugun, 5-aprel kuni chorak final bosqichida quyidagi 6 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:
-48 kg: Sabina Boboqulova – Aigerim Sattibayeva (Qozog‘iston)
-57 kg: Nigina O‘ktamova – Ching-Yu Yao (Xitoy Taypeyi)
-85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Muhammadaziz Zakirov (Qirg‘iziston)
-75 kg: Javohir Abdurahimov – Atai Damir (Qirg‘iziston)
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev – Arassil Jakpekov (Qozog‘iston)
-90 kg: Halimjon Mamasoliyev – Enkisanaa Gantulga (Mo‘g‘uliston).
Eslatib o‘tamiz, chempionatning kechagi dasturidan o‘rin olgan chorak final bellashuvlarida Abdurahmon Mahmudjonov Iordaniya vakili Muhammad Abuni, Aziza Zokirova yaponiyalik Naoko Kasaxarani yengdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA