Orolning taqdiri Kaspiyda takrorlanishi mumkin
Agar Kaspiy dengizining sathi pasayishda davom etaversa, yana 25-30 yildan keyin uni ham Orol dengizi taqdiri kutadi. Kaspiyning janubiy qismi 2009 yilda qurigan edi, deydi Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi akademigi Faxreddin Gadirov.
"Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, bundan 100 yil avval Kaspiy dengizida suv sathi hozirgidan 2 metr yuqori bo‘lgan. 2005 yildan buyon har yili suv sathi 10 santimetrga pasaymoqda. Agar jarayon 25-30 yil shunday davom etsa uning shimoli-sharqiy qismida Orol dengizi taqdiri takrorlanishi mumkin, janubiy qismi esa 2009 yilda qurigan edi", – deydi olim Bakuda bo‘lib o‘tgan “Kaspiy dengizi sathining iqlim isishi sharoitida o‘zgarishi hamda prognoz va moslashuv choralari” deb nomlangan xalqaro konferensiyada so‘zga chiqib.