Orolbo‘yida “Kelajak liderlari” klubi tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida Orolbӯyida tashkil etilgan “Kelajak liderlari” klubi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari A.Davletov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimi D.Karimov “Kelajak liderlari” klubi a’zolarini tabrikladi va kelajakda ularning o‘z bilim va salohiyati bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga qat’iy ishonch bildirdi.

Davlatimiz rahbarining mazkur tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021 yil 27 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida iste’dodli va iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga qiziqtirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, istiqbolli kadrlar seleksiyasi orqali hududlarda yuqori malakali davlat fuqarolik xizmatchilar qatlamini va yangi avlodlar orasidan kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Kelajak liderlari” klubi tashkil etildi.

Bir necha bosqichli tanlovlar orqali saralab olingan eng iqtidorli, istiqbolli yoshlar klub a’zoligiga qabul qilindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA