O‘quvchilar o‘z iqtidorini namoyish etdi
FOTOREPORTAJ
Farg‘onaning qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Beshariq tumanidagi “Andarxon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 18-umumta’lim maktabida beshta muhim tashabbus doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ta’lim maskanida faoliyat yuritayotgan ustozlar hamda o‘quvchilar faolligida tashkil etilgan tadbir chin ma’noda ma’naviyat bayrami tusini oldi.
Viloyat hokimligining mas’ul vakili chegara hududida yashash har bir fuqarodan sergaklik va ogohlikni talab qilishi, shu bilan birga amaldagi qonunchilikda belgilangan chegara rejimi me’yorlariga amal etish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
[gallery-7248]
Maktab o‘quvchilari beshta muhim tashabbusning mazmun-mohiyatini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalarda iqtidorini namoyish etdi.
Tadbirga harbiy xizmatchilarning taklif etilgani o‘quvchilar uchun o‘ziga xos motivatsiya vazifasini o‘tadi. Ular chizgan suratlarida, o‘qigan she’rlarida, ijro etgan qo‘shiqlarida O‘zbekistonimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatini aks ettirishga harakat qildi. “Yosh kitobxonlar”, “Yosh sportchilar”, “Yosh oshpazlar” tanlovlari barcha ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida tanlovlar g‘oliblariga yangi nashr etilgan kitoblar taqdim etildi.
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA