O‘quvchilar harbiy-sport o‘yinlarida bellashdi
Poytaxtimizdagi 308-maktabda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ga yaqin maktab o‘quvchilari ishtirokida “Harbiy-sport o‘yinlari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Maktab o‘quvchilari safda turish, safda yurish, safda qo‘shiq aytish, Kalashnikov avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish, estafeta bo‘lib yugurish, granata uloqtirish kabi shartlarda bellashdi.
[gallery-2446]
Musobaqa yakuniga ko‘ra, 221-maktab jamoasi 1-o‘ringa loyiq deb topildi. Keyingi o‘rinlar 223- hamda 308-maktab o‘quvchilariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan, diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN olgan suratlar, O‘zA