O‘qishli asarlar – ma’naviy xazina
FOTOREPORTAJ
Yozyovonlik yosh ijodkorlardan biri, Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasida faoliyat yuritayotgan jurnalist Madaminjon Solijonovning she’r va hikoyalari respublika nashrlarida chop etib kelinadi. “Oq ajdaho hamlasi” qissasi muallifning birinchi kitobi.
Asar 1998 yilda Shohimardonda yuz bergan fojia – suv toshqini voqealariga bag‘ishlangan. Unda tog‘ qishlog‘ida ro‘y bergan ofat tafsilotlari sodda va ravon uslubda tasvirlangan.
[gallery-21269]
Yozyovon tumanidagi 40-maktabda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan yosh yozuvchining “Oq ajdaho hamlasi” qissasi taqdimoti bo‘ldi. Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, shu bilan birga ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Xalqimiz uchun o‘qishli asarlarni ko‘pay tirish, ayniqsa, gadjetlarga bog‘lanib qolayotgan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish dolzarb tus olayotgani ta’kidlandi.
Qissa muallifi M.Solijonov maktab o‘quvchilari bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA