Oq uy maʼmuriyati Eronning FIFAga shikoyat qilish bayonotiga javob qaytardi
Eron tomoni JCH-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasidagi Belgiyaga qarshi oʻyindan (21-iyun) ikki kun oldin AQShga uchib kelish boʻyicha soʻrovi rad etilganidan norozilik bildirgan edi.
Oq uyning FIFA boʻyicha maqsadli guruhi ijrochi direktori Endryu Juliani Eron futbol federatsiyasining (FFIRI) norozilik bayonotiga munosabat bildirdi. Eron tomoni JCH-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasidagi Belgiyaga qarshi oʻyindan (21-iyun) ikki kun oldin AQShga uchib kelish boʻyicha soʻrovi rad etilganidan norozilik bildirgan edi.
Eron tomoni oʻz bayonotida ushbu holat boʻyicha FIFAga shikoyat qilish niyatida ekanligini taʼkidlagan. Juliani esa Eron terma jamoasiga faqatgina qayd etilgan uchrashuvdan bir kun oldin AQSh hududiga kirishga ruxsat berilishini maʼlum qildi.
"Jamoaga oʻyindan bir kun oldin kelishga ruxsat beriladi. Uchrashuv yakunlangan kuni esa ulardan mamlakatni tark etish soʻraladi", — dedi Juliani CBS News telekanaliga bergan intervyusida.