Opera va balet san’ati yanada rivojlanadi
Fotoreportaj
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 27 dekabrdagi “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbirda Madaniyat vazirligi, Respublika ixtisoslashgan musiqa maktablari, san’at dargohlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar ushbu qaror mamlakatimizda opera va balet san’atini rivojlantirish, keng targ‘ib etish, uning jahon san’at olamida tutgan o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlashda muhim asos bo‘lib xizmat qilishini alohida qayd etdi.
Press-konferensiyada shuningdek, yosh kompozitorlar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tanlov haqida so‘z yuritildi.
[gallery-5593]
Kamola Yusupova,
Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA