Onlayn ishlayotgan xodimning huquqlari
Onlayn ishlash, yaʼni xodimlarning masofadan turib oʻz vazifasini bajarishi infeksiyaning oldini olishda hamda jamiyatda zarur jarayonlar davom etishida qoʻl kelmoqda.
Onlayn ishlash, yaʼni xodimlarning masofadan turib oʻz vazifasini bajarishi infeksiyaning oldini olishda hamda jamiyatda zarur jarayonlar davom etishida qoʻl kelmoqda.
Toʻgʻri, mehnat qonunchiligida masofaviy ishlash boʻyicha normalar mavjud emas. Ammo Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan bunga imkoniyat yaratildi.
Farmonga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi bilan “Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga oʻtkazishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ishlab chiqildi.
Karantin davrida ish beruvchilar xodimlarning roziligi bilan ularni masofaviy ish usulida ishlashga oʻtkazishlari mumkin.
Xodimni bunday ish usuliga oʻtkazish mehnat shartnomasini oʻzgartirish hisoblanadi. Mehnat shartnomasiga masofaviy ish usulini qoʻllash boʻyicha taraflarning kelishuviga koʻra qoʻshimchalar kiritiladi.
Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini oʻz xohishiga koʻra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorida mehnat haqi toʻlanadi.
Xodim masofaviy ishga oʻtkazilganda uning taʼtillar jadvaliga muvofiq mehnat taʼtili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlab qolinadi.
Sh.Ismoilov,
Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti v.b.