Onlayn-auksionlarning hafta natijalari
Joriy yilning 13 – 17 may kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 11 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 94 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 46 ta obyekt sotildi.
Joriy yilning 13 – 17 may kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 11 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 94 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 46 ta obyekt sotildi.
Davlat mulki obyektlari
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 11 ta davlat mulki obyekti 4 mlrd 350 mln. soʻm investitsiya kiritish, 120 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 316 mln. soʻmga sotildi. Bundan tashqari 2 ta obyekt sotuvga chiqarildi.


Yer uchastkalariga boʻlgan huquq
Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 94 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq 23 mlrd. 606 mln. investitsiya kiritish va 480 ga yaqin yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd 303,72 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 39 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 46 ta obyekt 3 mlrd 778,2 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 76 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!
“Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi” DUK PR xizmati