Ona zamin saxovati
Navro‘z bayrami arafasida Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Ona zamin saxovati” deb nomlangan savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Andijon shahar markazi hamda shahardagi o‘n ikkita mahalla guzarida ish boshlagan shunday yarmarkalar rastalarida “Andijongo‘shtsutsavdo”, “Andijonbaliq” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, agrofirmalar, parrandachilik korxonalari, fermer xo‘jaliklari va boshqa savdo tashkilotlarining ellikdan ortiq turdagi oziq-ovqat, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.
Yurtdoshlarimizning bayram dasturxoni yanada to‘kin bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu savdo yarmarkalari shahar aholisi uchun katta qulaylik yaratmoqda.
– Yarmarkada nok, uzum kabi yoz ne’matlarigacha mavjudligi ko‘zni quvnatadi, – deydi Andijon mashinasozlik kolleji o‘qituvchisi Mavjuda Rizayeva. – Mahsulotlarning sifati, terminal orqali ham xarid qilish mumkinligi va narxining bozorga nisbatan arzonligi, ayniqsa, barchamizga manzur bo‘lmoqda.
Mehr-oqibat, saxovat va zgulik ayyomi bo‘lmish Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan savdo yarmarkalari aholi turmush farovonligini yuksaltirish, dasturxonlarimiz to‘kinligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.