Omikronning birinchi universal alomati aniqlandi
Dunyo bo‘ylab odamlar hali ham qaysi alomatlar ularning COVID-19 ning Omikron shtammi bilan kasallanganligini ko‘rsatishi bilan qiziqmoqda.
Jahon jamoatchiligi koronavirusning yangi shtammiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Janubiy Afrika “Discovery Health” kompaniyasi rahbari bu shtammi yuqtirgan bemorda biroz boshqacha alomat kuzatilganini ma’lum qilgan.
Butun dunyo olimlari omikronning odamga nojo‘ya ta’sirini o‘rganish uchun tandemda ishlamoqda. Hozircha natijalar shuni ko‘rsatadiki, yangi COVID-19 shtammi oldingiga qaraganda kamroq simptomni keltirib chiqaradi.
“Discovery Health” bosh direktori doktor Rayan Noaxning aytishicha, omikronning eng ko‘p uchraydigan belgisi tomoq og‘rig‘idir. Shuningdek, alomatlar orasida burun bitishi, quruq yo‘tal va bel og‘rig‘i borligini ham qo‘shimcha qilgan.
— Bu alomatlarning aksariyati yengildir, ammo bu omikron xavfsiz degani emas, — deydi doktor Noax.
Doktor Noax fikrini britaniyalik sog‘liqni saqlash eksperti ser Jon Bell ham qo‘llab-quvvatladi, u omikron koronavirusning oldingi shtammidan, biroz boshqacha ta’sir qilishini ta’kidlagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 ning omikron shtammi butun dunyo bo‘ylab tezlikda tarqalayotganini ma’lum qildi. Ushbu shtamm 77 mamlakatda ro‘yxatga olingan.
Ulug‘bek Mahmirzayev