Olot tumani hamjihatlik va birlikda tiklanmoqda
Bugun Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari hamjihatlikda davlat rahbarining aniq koʻrsatmalari asosida olib borilmoqda.
Bugun Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari hamjihatlikda davlat rahbarining aniq koʻrsatmalari asosida olib borilmoqda.
Ijodiy jamoamiz bilan Olot tumanidagi yangilanishlar, oʻzgarishlarga guvoh boʻldik. Olib borilayotgan tamirlash-tiklash ishlarida barcha barobar faoliyat olib bormoqda.
Darhaqiqat, bugun olotliklar boshlaridan sinovli kunlarni oʻtkazmoqda. Yangilanayotgan, oʻzgarayotgan Olot tumani hamjihatlikda qurilmoqda. Hukumat rahbaridan tortib oddiy xalqgacha barcha birdek mehnat qilayotir.
Hududdagi fuqarolar zarar oqibatlarini bartaraf etish uchun bir-biriga koʻmaklashib, qoʻni-qoʻshnilar ahillikda mehnat qilmoqda. Talafotdan zarar koʻrgan qoʻshni oʻzining uyini tamirlagandan soʻng, qoʻshnisiga yordamga oʻtmoqda. Kimdir davlat tomonidan yordamni kutmasdan oʻz hisobidan uylarini tamirlab, hatto kam taminlangan, yakka-yolgʻiz boquvchisini yoʻqotgan mahalladoshiga ham yordam qoʻlini choʻzmoqda.
Lekin guruch kurmaksiz boʻlmaganidek, oʻziga toʻk, hovlisining eshigi oldida 2 talab mashinalari boʻla turib, tadbirkorlik bilan shugʻullanadigan oilalar davlat qilib bersin deb kutib turganiga ham guvoh boʻldik.
Ishchi guruhga murojaat qilgan tumanning Maʼrifat MFY Temiryoʻlchilar koʻchasida yashovchi fuqaroning xonadoni borib oʻrganildi. Oila boshligʻi tadbirkor ekan. Tuman markazidagi 3 qavatli mebel doʻkoniga ega boʻlgan bu xonadon egalari tumandagi ayrim kam taʼminlangan oilalarga yordam berish oʻrniga davlatdan koʻmak soʻramoqda. Xonadondagi zamonaviy qurilishlar, qimmatbaho buyumlar, mashinalar, yaratilgan sharoitni koʻrib bu oilaga yana qanday yordam berish mumkinligiga kishining boshi qotadi.
Tumandagi taʼmirlash-tiklash ishlari davom etmoqda.