Olmaotada Özbekiston – Qozoğiston biznes-forumi bölib ötdi
Özbekiston va Qozoğiston örtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytiriş, özaro tovar aylanmasini oşiriş va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan samarali işlar taşkil etilmoqda.
Ayni maqsadlarda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi Olmaota şahrida bölib, ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari iştirokida taşkil etilgan biznes-forumda qatnaşdi.
Tadbir doirasida 300 nafarga yaqin tadbirkor iştirokida mahsulotlar körgazmasi, B2B uçraşuvlari, şuningdek, davlat idoralari va biznes vakillari örtasida G2B muzokaralari ötkazildi.
Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari Şerzod Ibragimov, mamlakatimizning Qozoğistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Baxtiyor Ibragimov va hududiy tadbirkorlar palatasi direktori Çingizxon Mamanov iştirokidagi muloqotlar davomida eksport va import hajmini oşiriş, qöşma işlab çiqariş loyihalarini yölga qöyiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Jumladan. logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş hamda istiqbolli investitsiya taşabbuslarini amalga oşiriş böyiça aniq takliflar körib çiqildi, deyiladi Özbekiston Savdo-sanoat palatasi maʼlumotida.
Forum ikki mamlakat tadbirkorlari uçun yangi hamkorlar topiş, töğridan-töğri biznes aloqalarini örnatiş va özaro manfaatli loyihalarni boşlaş uçun muhim muloqot maydoni böldi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA