Oliygohlarga kirish imtihonlari boshlandi (+video)
Bugun, 14-iyuldan 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga start berildi.
Ayni vaqtda respublika bo‘ylab 64 ta yopiq turdagi katta sig‘imli binoda imtihon bo‘lib o‘tmoqda. Imtihonlar har kuni ikki smenada (08:00 va 15:00 da) ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etilmoqda; jarayonni onlayn translyatsiya orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Abituriyentlar jami 5 ta fan (3 ta majburiy, 2 ta mutaxassislik) bo‘yicha test topshiradilar va maksimal 189,0 ball to‘plashlari mumkin.
Imtihon hududiga faqat pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kirishga ruxsat etiladi, har qanday taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinish esa chetlatishga sabab bo‘ladi.
Kunlik statistika va natijalar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy manbalarida e’lon qilib boriladi.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/nBBJwFAb-Uk" title="Oliygohlarga kirish imtihonlari boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev,O‘zA