Oliy tibbiy ta’limdagi xalqaro hamkorlik
Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda Malayziyaning Malaya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Unga ko‘ra, institutnig 10 nafar o‘qituvchi va 5 nafar talaba-yoshlari Malaya universitetida akademik safarda ham bo‘lishdi.
Ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining navbatdagi onlayn muloqotida mazkur hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida so‘z yuritildi. Talabalar va pedagogolar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Shuningdek, ilmiy sohada hamkorlikni kengaytirish, yuz-jag‘ jarrohligi sohasida hamkorlikda ilmiy ishlarni olib borish, Malaya universiteti laboratoriyalaridan foydalanish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

– Tibbiy ta’limda xalqaro tajribani o‘rganish, ayniqsa muhim ahamiyatga ega, – deydi Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Haydarov. – Shu bois, oldimizga xalqaro tajribani o‘rganish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatilgan. Ushbu vazifalar ijrosini taminlash maqsadida Malayziyaning Malaya universiteti bilan ham hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, bir nechta loyihalarni amalga oshirib kelmoqdamiz. bugungi muloqot chog‘ida talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashunuvini davom ettirish va boshqa bir qancha masalalar yuzasidan kelishuvlar aamalga oshirildi.
Mohigul Qosimova, O‘zA