Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar xodimlari uchun seminar o‘tkazildi
Yurtimizda ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining ilgari surayotgan bir qancha tashabbuslari bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ta’minlanmasa, kutilgan natijaga erishmoq dargumon.
Shu maqsadda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida davlat rahbarining 2025-yil 19-sentabrdagi tegishli farmoni hamda 2025-yil 14-fevraldagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim tashkilotlarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari hamda tegishli mas’ul bo‘linma rahbarlari ishtirok etgan seminarda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning census.stat.uz portalida to‘liq ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalarning amaliyotini moliyalashtirish tartibini qulay va tizimli joriy etish lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish lozimligi alohida qayd etilib, bu bo‘yicha mas’ullarga tizimli topshiriqlar berildi.
Shuni aytish lozimki, ilgari surilayotgan tashabbuslar, qabul qilinayotgan qarorlar keng jamoatchilik hamda soha vakillari tomonidan muhokama etilsa, uning asl mohiyati anglanadi va ijrosi munosib ta’minlanadi.
Sherbek Islomov, O‘zA