Oliy taʼlimning dolzarb masalalari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida kengaytirilgan Hayʼat majlisi va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida kengaytirilgan Hayʼat majlisi va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda bugungi kunda oliy taʼlim tizimi oldiga qoʻyilayotgan vazifalarning mazmun-mohiyati, ulardan kutilayotgan natijalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Ayni paytda oʻquv dargohlarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, taʼlim sifatiga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish, amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish, korrupsiyaga qarshi kurashning eng samarali shakllarini qoʻllash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Rektorlar kengashi yigʻilishida qator tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Jumladan, 2018 yilda Toshkent shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston – Rossiya taʼlim forumining ahamiyati, unda erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etishga alohida urgʻu berildi.
Darhaqiqat, mazkur forum oliy taʼlim tizimidagi ikki davlat ilmiy-maʼrifiy jamoatchiligi oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu forumning navbatdagi bosqichini 2019 yilda Rossiyada oʻtkazilishiga tayyorgarlik ishlarini shu kundan boshlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Hodiyev Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlar kengashi raisi etib saylandi.