Oliy sudda jurnalistlar bilan ochiq muloqot
Oliy sud raisi K.Komilov jurnalistlar bilan ochiq muloqot avvalida soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Ularning yurtimizda so‘z erkinligi va ochiq-oshkoralikni ta’minlashda, xalqimizga haqqoniy axborotni tezkorlik bilan yetkazishdagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan matbuot va ommaviy axborot vositalari oldiga jamiyatimizda so‘z erkinligini ta’minlash, islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish kabi muhim vazifalar qo‘yilgan. Bu esa, o‘z navbatida, har bir jurnalist, ijodkordan alohida fidoyilik talab qiladi.
Muloqot davomida sud tizimidagi islohotlar, xususan sohada ochiqlik ta’minlanayotgani ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik yaxshilanishiga, muhimi, jamiyatda adolat ta’minlanishiga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Elektron sudlov tizimi yo‘lga qo‘yilgani sudlarga elektron murojaat qilish, sud majlislarida onlayn ishtirok etish imkonini bermoqda. Bu aholining vaqti va mablag‘i tejalishiga imkon bermoqda.
Uchrashuvda shu kabi islohotlar va ularning natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
N.Abduraimova, O‘zA