Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Senat yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq, Akmaljon Alijonov, Dilfuza Dadadjonova, Dilfuza Jo‘rayeva, O‘tkir Roziqov, Sardor Raxmuddinov, Muhiddin Sultonov, Jahongir Turdimurodov, Luiza Xalitova, Abdusaid Hojiyev va Marat Ergashev o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
N.Abduraimova, O‘zA