Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Senatyalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarini saylash va Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuhrat Tog‘aymurodovich Polvonov sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga besh yil muddatga sayladi.

Senat qaroriga muvofiq, Gulnora Mirzayeva, Abdukamol Abdukarimov va Asqar Bekmanov Oliy sudning sudyasi lavozimiga o‘n yillik muddatga saylandi.
Shuningdek, M.Nazarov, J.Gaybullayev, B.Naimov, A.To‘xtashev Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etildi.
O‘zA