Oliy sud: Oltmish nafar mahkum muddatidan oldin ozod etildi
Aholining muammolarini o‘rganish, murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun davlat organlari rahbarlarining joylarda sayyor qabullari o‘tkazilmoqda.
Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sud tizimi xodimlari ham aholi huzurida bo‘lib, ochiq muloqot qilish bilan birga murojaatlar asnosida sayyor sudlar ham o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan sayyor sudda 60 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.
Ular qilmishidan to‘g‘ri xulosa chiqargan, tuzalish yo‘liga o‘tgan, tayinlangan jazoni belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda o‘tkazayotgan, muhimi tuzalish yo‘liga o‘tgan shaxslardir.
Qonunlarimizdagi kechirimlilik, bag‘rikenglik tamoyillari asosida jazodan ozod etilgan shaxslar endilikda foydali mehnat bilan shug‘ullanib, oilasi farovonligi, jamiyat rivoji yo‘lida xizmat qilishi ta’minlanadi.
O‘zA