Oliy martabali mehmon Haydar Aliyev yodgorligi majmuasida boʻldi
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga davlat tashrifi davom etmoqda.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Oʻzbekiston bogʻidagi Mustaqillik monumentiga gul qoʻyganidan soʻng rafiqasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Haydar Aliyev yodgorligi majmuasiga bordi.
[gallery-31024]
Mazkur koʻrkam goʻsha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2022-yilda Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi, oʻzbek xalqining yaqin doʻsti Haydar Aliyev sharafiga bagʻishlab barpo etilgan.
Oliy martabali mehmon yodgorlik poyiga gulchambar qoʻyib, atoqli siyosiy va davlat arbobi, mustaqil Ozarbayjonning asoschisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Ziyodulla JONIBEKOV,
Nosirjon HAYDAROV(surat),
O‘zA