Oliy liga bahslari qizg‘in pallada
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha Oliy ligada dona surayotgan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSH dollari bo‘lgan chempionatda 14 ta tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ayollar bahsida Umida Omonova 11,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylangan. Afruza Hamdamova esa 11 ochko to‘plab jadvalda ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Marjona Malikova 10 ochko bilan kuchli uchlikdan joy oldi.
Erkaklar o‘rtasida kechayotgan bahslarda esa Javohir Sindarov 11,5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Uning ortidan Almas Rahmatullayev 11 ochko, Ortiq Nig‘matov va Nodirbek Yoqubboyev bir xil 10,5 ochko bilan bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Oliy liga bahslari 1-mayga qadar davom etadi va bugun, 27-aprel kuni musobaqaning 15-16 turlari o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA