Olimlar quyosh panellarini sovitish uchun modda yaratdi
Koʻpincha quyosh panellari kremniydan qilinib, u quyosh energiyasining bor-yoʻgʻi 20 foiz qisminigina oʻzgartiradi.
Koʻpincha quyosh panellari kremniydan qilinib, u quyosh energiyasining bor-yoʻgʻi 20 foiz qisminigina oʻzgartiradi. Qolgan energiya asosan issiqlikka aylanib, panellarning oʻzini taxminan 40°Cgacha qizdiradi.
Biroq eng katta muammo shundaki, gradusning 25°Cdan ortishi panellarning omilkorligini pasaytirib yuboradi. Bu muammoning yechimi quyosh panellarini suvli sovitish tizimlaridan samarali foydalanishdadir. Science jurnalining maʼlumotlariga koʻra, bu texnologiyalar suv, quvur va nasoslarning sezilarli sarf-harajatini talab qiladi hamda qurgʻoqchil hududlarga yaroqsiz.
Bunda muqobil variant – atmosferaning oʻzidan suv yigʻish tizimidir. Soʻnggi yillarda olimlar havodan namlikni shimib olib, uni kondensatlantirib, ichimlik suviga aylantira oladigan materiallarni topishdi.
Sof energiyaning yozishicha, Gonkong politexnika instituti tadqiqotchilari kondensatlangan suvni ishlatishning boshqacha yoʻlini topdi, yaʼni quyosh panellarini sovitish uchun modda yaratdi.
Gʻoya quyidagicha: kunduz kuni suyuqlikni bugʻlantirish uchun, gel fotoelementda tun davomida toʻplagan, issiqlikdan foydalanadi. Bugʻlangan sayin namlik quyosh panelini sovitadi.
Har ikki holatda ham quyosh panelining harorati 10°Cga pasayadi. Uning unumdorligi esa oʻrta hisobda 15 foizga ortadi.