OKMKda birinchi chorak samarali yakunlandi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan joriy yilning 1-choragida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarildi. Jumladan, 7 833 379 096 000 so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, prognoz 118,8 foizga bajarildi. Shuningdek, 1 713 487 000 so‘mlik xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilgan.
Ma’dan qazib olish prognozida +110,6 foizlik o‘sish sur’ati qayd etildi.
Mis xom-ashyosini qayta ishlash prognozi bo‘yicha o‘sish sur’ati +105,8 foizga yetkazildi. Konsentratda mis prognozi bo‘yicha esa +102,1 foizlik o‘sish sur’atiga erishildi.
Mis katodi ishlab chiqarish va o‘z xom-ashyomizdan ushbu mahsulot ishlab chiqarish prognozlarining ham bajarilishi ta’minlangan. Shuningdek, o‘z xom-ashyomizdan rux metallini tayyorlash bo‘yicha prognoz 125,9 foizga bajarilgan. Sulfat kislotasini tayyorlash prognozi bo‘yicha +104,3 foizlik o‘sish sur’ati qayd etilgan.
Surxondaryo viloyatida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan ham barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta’minlanganini alohida ta’kidlash joiz.
Shuningdek, ushbu mehnat jamoasi polimetall ma’danlarni qazib olish(102,1%), ularni qayta ishlash(100,6%), konsentratda rux metalli(108,1%) bo‘yicha prognozlarni oshig‘i bilan bajargan.
Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni mehnat jamoalari ham barcha ishlab chiqarish prognozlarini bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bundan tashqari, mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi kabi mahsulotlarning ishlab chiqarish prognozlari ham bajarilgan.
OKMK Axborot xizmati