OKMK: belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarildi.
Jumladan, prognoz bo‘yicha 17 867 564 049 000 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja 116,1 foizga bajarilgan. Prognoz bo‘yicha 15 391 689 516 000 so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan edi. Shuningdek, 3 354 909 000 so‘mlik xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilgan.
Birinchi yarim yillikda mis rudasini qazib olish prognozi 101,8 foizga, mis katodini ishlab chiqarish prognozi 100 foizga bajarilgan. Mis xom ashyosini qayta ishlash prognozida +102,4 foizlik o‘sish sur’ati qayd etilgan.
Polimetall rudalarni qazib olish(101,1%) va uni qayta ishlash(100,5%) prognozi ham oshig‘i bilan bajarilgan. Bundan tashqari, oltin tarkibli rudani qazib olish bo‘yicha ham +100,6 foizlik o‘sish sur’ati kuzatilgan. Mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham belgilangan prognozlar bajarilishi ta’minlangan.
OKMK Axborot xizmati