Okeandan yiroq mamlakatlar uçun sunami xavfidan ogohlik nega muhim?
5-noyabr — Butunjahon sunami xavfi haqida xabardorlik kuni
Özbekiston okeanlardan minglab çaqirim uzoqlikda joylaşgan, ikki karra quruqlik bilan öralgan davlat. Bugungi globallaşuv davrida yurtdoşlarimiz dunyoning turli nuqtalarida, xususan, okean va dengiz böylaridagi mintaqalarda sayohatda, öqişda yoki mehnat faoliyati bilan band. Şu jihatdan ham bugungi mavzumiz bir maʼlumot sifatida köpçilikni qiziqtirişi mumkin.
Qolaversa, har qanday tabiiy ofat, jumladan, sunami haqidagi bilim va xabardorlik umuminsoniy birdamlik hamda favqulodda vaziyatlarga umumiy tayyorgarlik madaniyatini şakllantiriş ahamiyatga ega.
Sunami okean va dengiz tubidagi kuçli zilzilalar, vulqon otilişi yoki suv ostidagi köçkilar oqibatida yuzaga keladigan ulkan tölqinlardir. U qisqa vaqt içida qirğoqböyi hududlarini suv ostida qoldirişi, aholi punktlari, infratuzilma va iqtisodiy obʼektlarga katta zarar yetkazişi mumkin.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 2015-yil dekabrida qabul qilingan rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 5-noyabr kuni Butunjahon sunami xavfi haqida xabardorlik kuni sifatida nişonlanadi.
Uşbu sana 13-oktabrda ötkaziladigan Xalqaro ofatlar xavfini kamaytiriş kuni hamda 2015–2030-yillarga möljallangan tabiiy ofatlarning oldini oliş, ular oqibatidagi yöqotişlarni kamaytiriş va aholi xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan “Senday” dasturi doirasidagi xalqaro hamkorlikning muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Butunjahon sunami xavfi haqida xabardorlik kunining asosiy maqsadi aholi örtasida tabiiy ofatlar xavfi haqida bilim va tuşunçalarni kengaytiriş, erta ogohlantiriş tizimlarini rivojlantiriş hamda mahalliy jamoalarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oşirişdan iboratdir.
Sönggi bir asr davomida sayyoramizda 58 ta sunami sodir bölgan. Uşbu tabiiy ofatlar oqibatida 260 mingdan ortiq inson hayotdan köz yumgan. Maʼlumotlarga köra, har bir sunami örtaça 4 600 nafar kişining umriga zomin bölgan. Bu körsatkiç sunamilarni inson hayoti uçun eng katta xavf tuğdiruvçi tabiiy ofatlardan biriga aylantiradi.
227 ming inson hayotiga zomin bölgan sunami
Sönggi 100 yillikdagi eng dahşatli tabiiy ofat 2004-yil dekabr oyida Hind okeanida yuz bergan. Mazkur sunami oqibatida 14 ta mamlakatda 227 ming nafarga yaqin inson halok bölgan. Tabiiy ofatdan eng köp Indoneziya, Şri-Lanka, Hindiston va Tailand aholisi jabr körgan. Uşbu fojia insoniyat tarixidagi eng vayronkor va oğir oqibatlarga olib kelgan tabiiy ofatlardan biri sifatida xotiralarda qolgan.

Asrimizdagi eng sönggi vayronkor sunami
Asrimizdagi eng vayronkor ofatlardan biri 2026-yil 15-avgust kuni Indoneziyaga qaraşli Flores oroli yaqinida magnitudasi 7,7 ballga teng kuçli zilzila sodir böldi. Zilzila ortidan yuzaga kelgan sunami tölqinlarining balandligi 1,6 metrdan 2,6 metrgaça yetdi. Kuçli tölqinlar orolning sohilböyi hududlariga yopirilib, bir qator joylarni suv bosişiga sabab böldi. Dengizdagi bu tabiiy hodisa yana bir bor sunamilarning naqadar katta vayronkor kuçga ega ekanini namoyon etdi.

Sunami tölqinlarining balandligi 40 metrdan oşgan
2011-yil 11-mart kuni Yaponiyaning şimoli-şarqiy sohillarida magnitudasi 9 ballga teng kuçli zilzila sodir böldi. Zilzila oqibatida yuzaga kelgan sunami tölqinlarining balandligi ayrim hududlarda 40 metrdan oşgan. Tabiiy ofat oqibatida 19 mingdan ortiq kişi halok böldi, qariyb 2,5 ming kişi bedarak yöqolgan. Şuningdek, sunami «Fukusima-1» atom elektr stansiyasida yirik avariyaga sabab bölgan.

Bu kabi xalqaro sanalar insonlarni hamişa sergak bölişga, eng asosiysi, har qanday tabiiy injiqliklarga tayyorgarlik köriş muhimligini unutmaslikka çaqiruvçi öziga xos bongdir.
Zuhra MIRZABOYEVA, ÖzA