Oilaviy tadbirkorlik asosida
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Sarmozor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ibrohim Toshpo‘latovlar oilasi kosibchilik bilan shug‘ullanadi.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Sarmozor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ibrohim Toshpo‘latovlar oilasi kosibchilik bilan shug‘ullanadi.
Ishni oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishdan boshlagan Ibrohim aka keyinchalik “Vodiy mukammal” xususiy korxonasini tashkil etdi va yigirmadan ziyod yoshlarni ish bilan ta’minladi. Ayni paytda bu yerda bir oyda yuz juft kattalar va bolalar poyafzali tayyorlanmoqda. Shu kunlarda korxonada ishlab chiqarish texnologiyalarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish va yana yigirmadan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini beradi.