Oilaviy poliklinika aholi xizmatida
Mazkur tibbiyot muassasasi ochilishiga bagʻishlangan tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda aholi sogʻligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilgʻor va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Andijon viloyati Asaka tumanidagi Niyozbotir mahallasida 11-oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi.
Mazkur tibbiyot muassasasi ochilishiga bagʻishlangan tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda aholi sogʻligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilgʻor va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

– Kuniga 160 qatnovga moʻljallangan poliklinikaning qurilish-taʼmirlash ishlari hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun qariyb 1 milliard 600 million soʻm mablagʻ sarflandi. – deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Sherzodbek Kamolov.
– Endilikda tumanning beshta – Yuqori Boʻz, Niyozbotir, Mehnatobod, Baxrin, Yangiobod mahallalarida yashovchi 24 ming nafarga yaqin aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifati yana-da ortadi.

Turli xastaliklarni erta aniqlash, malakali tibbiy xizmat koʻrsatish barobarida katta qulaylik yaratildi.
Koʻrkam, zamonaviy qiyofaga ega mazkur poliklinikani taʼmirlash-qurilish ishlari “Ziyo-2002” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bajarildi. Bu yerda shifokorlar va tashrif buyuruvchilar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.