Oila va xotin-qizlar qömitasi raisining axboroti eşitiladi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bugungi majlisida deputatlar Boş vazir örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi D.Kattaxonovaning “Oila-turmuş munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini oliş, jinoyat sodir etilişiga olib kelgan ijtimoiy muammolarni hal etiş borasida amalga oşirilgan işlar töğrisida”gi axborotini eşitiş haqidagi masalani körib çiqdi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda oila institutini mustahkamlaş, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, oilalarda soğlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni şakllantiriş, oila-turmuş munosabatlari doirasida sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ammo şu bilan birga, oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan ijtimoiy muammolarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş, jinoyat sodir etilişiga sabab bölayotgan omillarni çuqur tahlil qiliş hamda bu borada masʼul davlat organlari faoliyati samaradorligini oşiriş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şundan kelib çiqib, deputatlar tomonidan oila-turmuş munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini oliş böyiça körilayotgan çoralar, jinoyatçilikka sabab bölayotgan ijtimoiy muammolarni hal etiş borasidagi işlar natijadorligi hamda sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etiş masalalarini atrofliça muhokama qiliş zarurligi taʼkidlandi.
Majlisda yuqoridagilardan kelib çiqib, Boş vazir örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisining axborotini eşitiş haqida tegişli qaror qabul qilindi.
M.Komilova,
ÖzA