Oila – muqaddas dargoh
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan davlat grantlari tanlovining "Erta nikohni oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish" yo‘nalishida g‘olib deb topilgan O‘zbekiston “Ayollar va qizlar” uyushmasi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilgan "Oila – muqaddas dargoh!" mavzusidagi loyihaning yakuniy taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yakuniy taqdimot davomida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda erta nikohning oldini olish, yoshlar va aholi o‘rtasida sog‘lom oilaviy munosabatlar, oila qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida erishilgan ijobiy tajribalar va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari mazkur loyihaning oila institutini mustahkamlash, erta nikohlarning oldini olish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga qaratilgan tashabbuslarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.




Taqdimot so‘nggida loyiha doirasida tashkil etilgan tikuvchilik o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari ham topshirildi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri