Ohangaronda yangi korxona ish boshladi
Eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Davlatimiz mustaqilligining 28 yilligi Toshkent viloyatida ham munosib taraddud, xush kayfiyat bilan qarshi olinmoqda.
Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!
Eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Davlatimiz mustaqilligining 28 yilligi Toshkent viloyatida ham munosib taraddud, xush kayfiyat bilan qarshi olinmoqda.
Tuman va shaharlarda, mahallalarda, mehnat jamoalarida “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!“ shiori ostida turli maʼdaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bu yil ohangaronliklar mustaqillik bayramini oʻzgacha koʻtarinkilik, bunyodkorlik bilan qarshi oldi.
Yurtimiz boʻylab mustaqillik bayrami keng tantana qilinayotgan shu kunlarda vohaning sanoat hududida yangi korxona foydalanishga topshirildi. “ECO HYGIENIC” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan ushbu loyihaning qiymati 32 milliard soʻm boʻlib, korxona bolalar tagliklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Eʼtiborli jihati, obyektning ishga tushishi natijasida 40 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
– Korxonamiz bir kunda 100 million soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ayni damda mahsulotlarimizga Afgʻoniston va Tojikiston davlatidan qiziqish bildirilmoqda, – deydi MCHJ rahbari Dilshod Nizomov. – Oldinda rejalarimiz talaygina. Kelasi yildan ayollar gigiyenik vositasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchimiz. Shunda yana 40 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.