Ogohsen, demak gʻolibsan! (ONLAYN)
Harbiylar hayoti qiziq va juda tez. Hozirgina safga yigʻilib turganlar, qisqa fursatda amaliy mashqlarni boshlab yuborishar ekan.
Harbiylar hayoti qiziq va juda tez. Hozirgina safga yigʻilib turganlar, qisqa fursatda amaliy mashqlarni boshlab yuborishar ekan.
Hozirgina parashyutdan sakrab qaytgan qahramonimiz serjant Jamoliddin Qosimov ham tezlik bilan sinfxonada dars oʻtishni boshladi.
“Davr bizdan har soniyada ogohlik, atrof voqelikka nisbatan teran nigoh ila yashashni taqozo etadi. Aslida ham bugungi axborot asrida tezkor xabar almashuv, ayniqsa, harbiylar uchun gʻoyat muhim ahamiyatga egaligi hammaga maʼlum”.
Biz tizimni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash, aloqa xavfsizligini chuqur egallagan mutaxassislar tayyorlash ishlari eʼtiborda ekanidan quvondik.
Dars jarayoniga xalal bermaslik uchun Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va unga koʻra qonunga kiritilgan oʻzgarishlar bilan tanishamiz.
Qayd etish kerakki, ushbu hujjatga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida bir qator yangiliklar amalga oshirildi.
Misol uchun, muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida oʻtayotgan oliy maʼlumotli shaxslar, shuningdek, ofitserlar tarkibi lavozimlarida oʻtayotgan ofitserlar uchun – muddatli harbiy xizmat muddati oʻn ikki oy qilib belgilandi. Bu bilan oliy maʼlumotga ega boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni rezervga boʻshatish natijasida lavozimlarning uch oy davomida boʻsh (vakant) qolishi holatlariga barham berildi.
Chaqiruv mart-aprel oylarida oʻtkazilishi belgilandi. Bu davrning qish mavsumidan bahorga oʻtkazilishi natijasida chaqiruv va yigʻin punktlari xonalarini isitishga sarflanadigan sarf-xarajatlar tejalib, uzoq (togʻli) hududlarda yashovchilarning chaqiruv va yigʻin punktlariga oʻz vaqtida toʻliq yetib kelish imkoniyati yaratildi.
Mergan boʻlish uchun qanday tayyorgarlik va koʻnikmalar kerak? Harbiylarga psixolog qanday yordam beradi? bu kabi savolga javob izlayotgan boʻlsangiz saytimizni kuzatib boring.