O‘g‘irlik jinoyati fosh etildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 2 may kuni soat 11:30 dan 12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, G‘ijduvon tumani F.Yunusov mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. ga tegishli bo‘lgan Buxoro shahar Afrosiyob ko‘chasi 2-muyulish 3-uyning orqa tomonida qarovsiz qoldirib ketilgan “Spark” rusumli avtomashinadan 13 million 540 ming so‘m pullarni o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Olib borilgan tergov hamda surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro tumani Xonobod qishlog‘ida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro H.A. sodir etganligi fosh etilib, undan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Zarif Komilov, O‘zA