Og‘ir atletika: Osiyo chempionati boshlandi
Bugun, 7-avgust kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari boshlandi.
30 ga yaqin davlatning 400 nafardan ziyod sportchilari ishtirok etayotgan chempionatning bugungi musobaqalar dasturiga ko‘ra, kunning ilk bahslari yigitlar o‘rtasidagi -60 va -65 kg. vazn toifalarining “C” guruhi ishtirokchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, kun davomida qizlar o‘rtasidagi -45 kg. vazn toifasining “A” guruhi sportchilari medallar uchun bahslarga kirishadi. Mazkur vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Soliha Bahodirova himoya qiladi.
Yigitlar o‘rtasidagi -55 kg. vazn toifasining “A” guruhi bahslarida hamyurtimiz Bahodir Bekpo‘latov medallar uchun kurash olib boradi.
Qit’a chempionati musobaqalari 14-avgustga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA