Oddiy qalblarda ulkan maqsadlar yashaydi (+video)
Yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, iqtidorini foydali mashg‘ulotlarga sarflayotgan, ilm yo‘llaridan ketayotgan, hunar egallayotgan oilasiga, yaqinlariga, jamiyatga xizmat qilayotgan yigit-qizlarimiz juda ko‘p.
Xorazm viloyati Yangibozor tumani Hayvat mahallasida istiqomat qiluvchi Zuhra Ibragimova ham ana shunday intiluvchan yoshlarimizdan biri hisoblanadi. Zuhra oilali 2 nafar farzandning onasi. U 2 guruh nogironi.
–Har bir qishloqda yashaydigan ayolning doimiy yumushlari bo‘ladi, –deydi Zuhra. – Lekin ular qatorida kompyuterda ishlashni ham o‘rganib qo‘yish zarur. Bu, albatta farzandlarimiz tarbiyasida ham asqatadi.
Qahramonimizning bu qiziqishlari asosida o‘tgan yil mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida noutbuk ajratilgan. Maxsus kurslarda tahsil olgan Zuhra Ibragimova endilikda istiqomat qilayotgan mahallasi hududida “Kompyuter xizmatlari” markazini tashkil qilishni maqsad qilgan.
Qahramonimiz bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<div style="max-width: 56vh;"><div style="left: 0; width: 100%; height: 0; position: relative; padding-bottom: 177.7778%;"><iframe src="https://www.youtube.com/embed/k_XwAHgyzms?rel=0" style="top: 0; left: 0; width: 100%; height: 100%; position: absolute; border: 0;" allowfullscreen scrolling="no" allow="accelerometer; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share;"></iframe></div></div>Gulnoza Boboyeva, O‘zA