OCHL: «Paxtakor» safarda «Al Ahli» bilan durang o‘ynadi
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining umumiy bosqichi 1-tur uchrashuvlari doirasida «Paxtakor» safarda «Al Ahli» klubiga qarshi maydonga chiqdi.
«Qirol Abdulla Sport Siti» stadionida kechgan bahsda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdagi gollarni 86-daqiqada «Paxtakor» futbolchisi Filo Flamarion va 90+3-daqiqada «Al Ahli» vakili Firas Al-Buraykan kiritdi.
Shu tariqa, «Paxtakor» Elit Osiyo chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi dastlabki bahsni bir ochko bilan yakunladi. Jamoa 2-turda 12-oktabr kuni o‘z maydonida yana bir Saudiya Arabistoni klubi — «Al-Qodsiya»ga qarshi o‘z maydonida bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA