OCHL: "Nasaf" asosiy bosqichga chiqdi
Ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasining dastlabki bosqichida "Nasaf" jamoasi "B" guruhida uchinchi uchrashuvini Tailandning "BG College of Asian Scholars" klubiga qarshi o‘tkazdi.
Qarshidagi "Markaziy" stadionda o‘tgan ushbu o‘yinda "Nasaf" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 24 daqiqasida Diyoraxon Habibullayeva hisobni ochgan bo‘lsa, 47 daqiqada Lyudmila Karachik hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Ikkinchi bo‘limning 90+4 daqiqasida O.Vayenngoyen mehmonlarning yagona goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Nasaf" klubi “B” guruhida 9 ochko bilan Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi. "BG College of Asian Scholars" 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolib ketdi. “Al Nassr” (Saudiya Arabistoni) esa 3 ochko bilan uchinchi, APF (Nepal) jamoasi ochkosiz 4 pog‘onadan joy egalladi.
Ma’lumot o‘rnida: Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga qur’a 11 sentyabr kuni tashlanadi va musobaqa 3 oktyabrdan boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA