Ochiq muloqot: muammo, e’tiroz, takliflar...
Tibbiyot soasida o‘tkazilashi rejalashtirilgan “Ochiq muloqot” doirasida 11 ming 578 ta murojaat kelib tushdi.
Tibbiyot xodimlaridan 6 ming 614 ta, fuqarolardan 4 ming 964 ta murojaat yo‘llangan. 5 ming 464 ta murojaatda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan taklif bildirilgan, 2 ming 865 tasi murojaatda sog‘liqni saqlash tizimiga e’tiroz yo‘llangan, 3 ming 249 tasi (29 foiz) individul masalalardan iborat.
Murojaatlarning 4 ming 262 tasi birlamchi tibbiy yordam, 672 ta ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati, 346 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga oid.
Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga muntazam ravishda yuborilmoqda va ijorosi ta’minlanmoqda.
Mohigul Qosimova, O‘zA