Obodlik va osoyishtalik manzili
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Zafarobod qo‘rg‘oni yildan-yilga obod va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Aholi uchun qulay turmush sharoitlarini yaratish, hududda dam olish va sayr qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bu yerda qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2025-yil yakunida “Navoiyuran” DK tomonidan qo‘rg‘ondagi sun’iy ko‘l atrofi modernizatsiya qilinib, hudud zamonaviy dam olish maskaniga aylantirildi.
[gallery-31452]
Loyiha doirasida uzunligi 850 metr bo‘lgan yugurish yo‘lagi barpo etildi. Bu aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sport bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.
Shuningdek, hududda zamonaviy va xavfsiz o‘yin jihozlari bilan ta’minlangan bolalar maydonchasi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi vorkaut maydonchasi tashkil etildi.
Sun’iy ko‘l atrofida barpo etilgan dam olish zonalari, obodonlashtirilgan hudud va yashil maydonlar aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalarning sevimli maskaniga aylanmoqda. Bu yerda yaratilgan sharoitlar aholiga hordiq chiqarish, tabiat qo‘ynida mazmunli vaqt o‘tkazish va sport bilan shug‘ullanish imkonini bermoqda.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA