OAV: Malayziyada hukumat rahbari tayinlandi
Malayziya podshohi Abdulla Riayyatuddin Al-Mustafo payshanba kuni sobiq bosh vazir, “Umidlar alyansi” muxolifat koalitsiyasini boshqarayotgan Anvar Ibrohimni mamlakat hukumatining yangi rahbari etib tayinladi, deb xabar tarqatdi Bernama agentligi.
Xabarda ta’kidlanishicha, podshoh ushbu qarorini Malayziya hukumati vakillari bilan muhokamadan keyin qabul qilgan.
O‘tgan yakshanba kuni Malayziyada umumiy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish yakunlari bo‘yicha hech bir partiya va koalitsiya parlamentning quyi palatasida ko‘p o‘ringa ega bo‘la olmadi. Shu sababli raqobat qilayotgan partiyalar o‘rtasida koalitsion hukumatni shakllantirishga to‘g‘ri keldi. Biroq tomonlar bu masalada ham kelisha olmadilar, shu bois yangi bosh vazirni tayinlash qarori podshoh tomonidan qabul qilindi.